“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi o'yinga shaxsiy dastur orqali tayyorgarlik ko'rmoqda. Mazkur o'yin shanba kuni o'tkaziladi.
Gap shundaki, Ronalduning mushaklarida muammo bor. Portugaliyalik futbolchi “Gremio”ga qarshi o'yindan keyin mushaklarida og'riq sezgan.