"Real" hujumchisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 17-turida "Barselona"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda bo'lmaydi deya xabar beradi Marca.
Uelslik futbolchi klublar o'rtasida Jahon chempionatida o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsatgan bo'lsada, madridliklar ustozi Zinedin Zidan tavakkal qilmaslikni ma'qul ko'rmoqda. Futbolchining jismoniy holati ko'ngildagidek emas va "Real" murabbiylar shtabi unga bu saviyadagi o'yinda qiyin bo'lajagini aytmoqdalar.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.