“Flamengo” hujumchisi Vinisius Junior keyingi yil yozida “Real”ga o'tmoqchi emas. Aslida, “qirollik klubi” 16 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolab, uni 2019 yilgacha “Flamengo”ga ijaraga bermoqchi edi. Biroq Zidan Juniorni keyingi yilning yozidayoq Madridga olib kelish kerakligini ta'kidladi. Lekin Junior bunga qarshi.
“Men 2018 yil oxirigacha “Flamengo”da qolmoqchiman va Libertadores kubogida g'olib chiqmoqchiman. Ana undan keyin xotirjam tarzda boshqa jamoaga o'tishim mumkin”, dedi Junior.