Ispaniyalik jurnalist Ignasio Martines xabar berishicha, "PSJ" hujumchisi Neymar faoliyatini "Real"da davom ettirishni rejalashtiryapti.
"Neymar "PSJ"ga o'tganidan afsusda, ammo shunga qaramasdan maoshidan ko'ngli to'q. Gap shundaki, Neymar yozda "Real"ga o'tishni xohlayapti. U bu haqida do'stlari, qarindoshlari va asosiysi otasiga xabar bergan va unga transfer muzokoralarini boshlashni buyurgan. U Parijda yana bir mavsum qolishni istamayapti. "
"Barselona" va uning prezidenti Xosep Bartameu Neymarning "Real"ga o'tmasligiga ishonchi komil. Agar bu ish yuz berganidaham, ular bunga xotirjam qarashadi chunki ularda Messi bor. Kataloniyaliklar kelajakda "Real"da nima bo'lishini bilishadi, xoh u yerda Neymar kelgan taqdirdaham" - deydi Martines El Chiringuito programmasiga bergan intervyusida.