“Real” a'zosi Garet Beyl “Manchester Yunayted” bilan muzokara olib bordi. U yozda Joze Mourino jamoasi safiga o'tmoqchi. O'z navbatida “mankunianliklar” Beyl uchun 60 mln evrodan ko'p bermoqchi emas.
“Real” esa Beylni 90 mln evroga pullamoqchi. Uelslik futbolchi Madrid klubi rahbariyatidan transfer narxini tushirishni so'ragan.