Aftidan, “Real” a'zosi Garet Beyl chindan ham jamoadan ketadigan ko'rinadi.
Uelslik futbolchi kelgusi yilning yozida jamoasini almashtirmoqchi. Beyl faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirmoqchi. Ammo, uning fikricha, “qizil iblislar” uning uchun 90 mln evro to'lashga tayyor emas. Shu bois Beyl agenti Jonatan Barnettga murojaat qilib, “Real” prezidenti Florentino Peresni o'zining transfer narxini tushirishga ko'ndirishni so'radi.