Hozirda Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatida klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqasining yarim finalidan o'rin olgan “Al-Jazira” – “Real” Madrid uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Madridliklar birinchi bo'limning o'zida deyarli 20 ga yaqin zarba yo'llab, o'z maqsadlariga eta olishmadi. “Real”ning urgan ikki goli hakam tomonidan inobatga olinmadi. Qiziqarlisi, “Al-Jazira”ning kam sonli hujumlari 41-daqiqaga kelib gol bilan yakun topdi. Gol muallifi Romarino.
O'yinning ikkinchi bo'limi boshlanishi bilan “Al-Jazira” qarshi hujumga chiqib ketdi va yakunda Ali Mabhut darvozabon Keylor Navas bilan yakkama yakka chiqdi va offsaydda qolgan sherigiga pas berdi va u “Real”darvozasiga to'p kiritgandi.
Biroq yuqorida aytib o'tganizdek, Bussufaning offsaydi qolgani sabab ushbu gol inobatga olinmadi.
Oradan yana biroz vaqt o'tib, Krishtianu Ronaldu “Al-Jazira” himoyachilarining xatosidan keyin oradagi farqni qisqartirdi. 1:1.
81-daqiqada Garet Beyl zaxiradan maydonga tushdi va o'yinga qo'shilishi bilanoq “Real”ning ikkinchi golini urdi.
E'tiboringizga ushbu gol videosini havola qilamiz.