Madridning “Real” klubi “MYu” posboni David De Xeani sotib olmoqchi emas.
The Independent nashri xabariga ko'ra, madridliklar “Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtuaga taklif bilan chiqmoqchi. Chunki De Xeadan ko'ra, belgiyalik posbonni transfer qilish imkoniyati yuqori deb hisoblamoqda.
Kurtua hali “Chelsi”ga shartnomani uzaytirish borasida javobini bermadi. Uning kelishuvi 2019 yilning yozida yakunlanadi. Yaqin orada “Real”dagilar unga taklif bilan chiqishi mumkin.
Oldinroq “Real”ning yanvar oyida “Atletiko” darvozaboni Kepa Arrisabalagani sotib olishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.