Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Marko Asensio Klublar o'rtasidagi jahon chempionati debyut o'yindayoq gol kiritishga muvaffaq bo'lishga harakat qiladi. Ispaniyalik futbolchi "Real" ijrosida har bir turnirning debyut uchrashuvida gol urishga odatlatgan.
Hozirgi paytda Marko klub tarkibida ushbu mavsumda 7 ta gol kiritgan va jamoada Krishtianu Ronaldudan keyingi to'purar bo'lib turubdi (14 gol). Asensio 2016-yil UEFA Superkubogida debyut o'yinda "Sevilya" darvozasiga to'p kiritdi, ketidan La Liga debyut o'yinda "Real Sosedad"ga, Chempionlar Ligasi "Legiya"ga qarshi o'yin ham u uchun debyut edi va Marko an'anasiga sodiq qolgan xolda to'p kiritdi. So'ngra Qirol kubogida "Kultural Leones" va ushbu yozda Ispaniya Superkubogidagi ilk o'yinida "Barselona"ni darvozasini ishg'ol etdi.