Ispaniya futbol federatsiyasi Chempionlar Ligasiga qur'a tashlanganidan so'ng La Liga kalendariga o'zgartirishlar kiritdi. La Liganing 16-turidan o'rin olgan "Real Madrid" va "Leganes" uchrashuvi "Qirollik klubi"ning KJCHda qatnashishi sabab boshqa vaqtga ko'chirildi. Shuningdek, Madridliklar CHLda 14-fevral kuni "PSJ"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi va shundan so'ng 16-turning qoldirilgan o'yini "Leganes" - "Real" uchrashuvini 20 (seshanba) yoki 21 (chorshanba) fevral kunlari o'tkazishni rejalashtirdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da bo'lishi kutilmoqda.
Aynan o'tgan mavsumda ham "Valensiya" bilan qoldirilgan o'yin tahminan shu sanalarda o'tkazilgan edi.