"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Aleks Fergyuson "Sporting"dan manchesterliklar safiga o'tguncha Krishtianu Ronalduga kimlar xaridor bo'lganini ma'lum qildi.
"2003 yilda Ronaldu va Jore Mendesh bilan gaplashganimda, ular tezroq harakat qiishimni, aks holda Krishtianuni "Arsenal" va "Real" sotib olmoqchi bo'layotganini aytishdi. Men Ronalduga "MYu"ga o'tishni taklif qildim. U buni onasi bilan maslahatlashishi kerakligini aytgan edi.
Ronalduning onasi bilan Mendeshni ko'ndirgan narsa, biz yosh futbolchini tashlab qo'ymasligimiz va asosiy tarkibdan joy berishimiz bo'lgan deb o'ylayman. Bizda uning jamoaga moslashib ketishi uchun reja bor edi.
Kalderon "Real" prezidentligiga qayta saylanish uchun harakat qilayotgan edi va qurol sifatida Ronaldudan foydalandi, bu noto'g'ri edi. 2009 yilda hokimiyat tepasiga Peres keldi va u bilan transferni kelishi oson bo'ldi. Mendesh o'zining aoyib tomonlarini ko'rsatdi va moddiy tomondan yo'qotishga uchrasada futbolchining kelajagi uchun harakat qildi", - eslaydi Fergyuson.