"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emery "Real" prezidenti Florentino Peresning Neymar borasidagi fikriga javob qaytarib o'tdi.
"Balki, u Neymarni "Real"da ko'rishni xohlar. Lekin, Neymar "PSJ" futbolchisi va ishonchim komil u Parijda oldin jamoaviy sovrinlarni yutadi, so'ngra individuallarni", - deydi ispaniyalik mutaxasis.
Eslatib o'tamiz, Florentino Peres Neymarni o'z jamoasiga chorladi va bu yerda individual sovrinlarni yutishi oson ekanligini ta'kidlagan edi.