"Qirollik klubi" prezidentidan kichik intervyu.
"Real" prezidenti Florentino Peres Cadena SER nashriga intervyu berib o'tar ekan, "PSJ" futbolchisini Neymarni "Real"ga chorladi.
"Ronaldu futbolda yashamoqda, u har bir davrning eng yaxshisi bo'lishni xohlaydi va buni faqat iste'dod orqali emas, mehnat orqali bilan amalga oshirmoqda. Krishtianu - yoshlar uchun namuna. Shuni aytishim mumkinki, u - Alfredo Di Stefanoning davomchisi. Jamoangda bunday futbolchi borligi g'urur.
Raqobat - har doim yaxshi bo'lgan, Messi g'oliblik genlari bilan tug'ilgan. Messisiz Krishtianu bundan ham ko'proq "Oltin to'p"lar yutgan bo'lardi.
"Madrid"da Neymarning "Oltin to'p" yutish imkoniyatlari yuqori. Bu klub Neymarga nima kerak bo'lsa, bera oladi. Hamma biladi, o'z vaqtida Neymarni "Real"da ko'rishni xohlagan edim", - deydi Peres.
La Liga: 15-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring