"Liverpul" yarimhimoyachisi Emre Jan faoliyatini Ispaniya primerosida davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra 23 yoshli germaniyalik futbolchiga "Real"dan qiziqishlar bo'lmoqda.
Janning "mersisaydliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2018-yil yozda yakuniga yetadi. Hozirda uning narxi 22 mln yevroga baxolangan. Shuningdek, futbolchida faoliyatini Italiyada davom ettirish imkoniyati ham mavjud.
Ushbu mavsum tayanch yarimhimoyachi APLda 12 o'yinda maydonga tushib 1 ta gol va 2 ta golga assistentlik qildi.