“Real” ustozi Zinedin Zidan nihoyat Benzemaning sotilishiga rozilik bildirdi.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres shu paytga qadar bir necha bor Benzemani sotishni istagan, biroq Zidan bunga qarshilik qilib kelayotgandi. Biroq joriy mavsumdagi omadsizliklardan so'ng frantsiyalik mutaxassis qarorini o'zgartirdi — u keyingi yil yozida jamoaga yangi hujumchi xarid qilinishi tarafdori.