“Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning omadsizliklarida murabbiylar shtabi va Peresni aybladi.
Ispan nashrlarining yozishicha, Ronaldu Zidanning Xames Rodriges va Alvaro Moratani bemavrid sotib yuborganlikda aybladi. Florentino Peres esa, Ronalduning fikricha, tarkibni yoshartirishi lozim edi. Biroq u bunday qilmadi. Ronaldu aynan shu omillar tufayli “Real” kuchsizlandi, degan fikrda.