"Fuenlabrada" klubiga qarshi ikkita gol Borxa Mayoralning statistikasini o'zgartirib yubordi.
Qirol kubogidagi gollar orqali Mayoral "Real" safida har 114 daqiqada gol urmoqda va bu orqali jamoaning eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning raqobatchisi Karim Benzema esa har 218 daqiqada raqiblar darvozasini ishg'ol etayapdi.
La Ligada Borxa umumiy hisobda 7 o'yinda 111 daqiqa harakat qildi, shularning birida "Real Sosedad" bilan o'yinda 75 daqiqa harakat qildi va hisobni ochgan edi. Qolgan 6 o'yinda bor yo'g' 36 daqiqa to'p surdi (bu degani zahiradan tushib o'rtacha 6 daqiqa harakat qilmoqda).