“Bavariya” a'zosi Xames Rodriges jamoadan ketish variantlarini qidirmoqda. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, kolumbiyalik futbolchi “Real”ga qaytishga qarshi emas. Agar “Bavariya” ijara muddatini oldinroq tugatishga rozi bo'lsa, futbolchi Madridga qaytmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti ketganidan keyin Rodriges “Bavariya”dagi o'rnini yo'qotgandi.