Ispaniyaning Marca nashri "Real" hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan 4 ta hujumchining nomini e'lon qildi.
So'rovnomoda 6 ming nafar muxlis ishtirok etdi. So'rovnomada ishtirok etgan foydalanuvchilarning 7% "Krosnadar" hujumchisi Fyodr Smolovga ovoz berdi. Eng ko'p muxlislar "Inter" yetakchisi Mauro Ikardini "Real"da ko'rish istagini bildirishdi. Ikardi uchun jami 46% foydalanuvchilar ovoz berdi. Ikkinchi Aleksis Sanches (30%), Timo Verner - (17%).
Ma'lumot uchun, Smolov ushbu mavsumda Rossiya Premyer-ligasida 12 o'yinda 9 ta gol va 3 ta golga assistentlik qildi.