“Real” a'zosi Garet Beyl yaqindagina jarohatidan tiklanib, safga qaytgandi. Biroq uelslik futbolchi Ispaniya kubogi javob o'yinida “Fuenlabrada”ga qarshi bahsda yana jarohat oldi. Oqibatda futbolchi La liga keyingi turida “Atletik”ka qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ayni paytda Beylning jarohati unchalik jiddiy emasligi ta'kidlanmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi keyingi haftada safga qaytadi.