Madridning "Real" klubi rahbarlari qishgi transferlarda jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan. "Qirollik klubi"da hozirgi paytda hujum chizig'ida muammolar yuzaga kelganligi sababli rahbarlar shunday qarorga kelishgan.
Hozirgacha Madridliklar qishgi transferlarda sotib olgan biror bir futbolchilarining omadi chopmagan bo'lsada (Adebayor, Lukas Silva..), yana bir bor bu ishni amalga oshirishmoqchi. Variantlar qatorida bosh ro'lda "Inter" sardori Mauro Ikardi turubdi. 24 yoshli forvardning narxi 100 mln yevroga baxolangan. Madridliklar qamchi tezlashtirishmasa "Inter" o'z sardorlari bilan 2023-yilgacha shartnomani uzaytirib qo'yishni reja qilishmoqda.
Ikkinchi nomzod esa "Arsenal" forvardi Aleksis Sanches. "Qaymoqranglilar" Sanchesni "Real"da ko'rishni istashsa, avvalo "Manchester Siti" bilan chililik futbolchi borasida kurash olib borishiga to'g'ri keladi.
Shuningdek, "RB Leipzig" hujumchisi Timo Verner ham nomzodlar qatorida ko'rsatilgan. Yosh bo'lishiga qaramay Verner bo'lajak jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy hujumchisi sifatida maydonga tushadi.
Marca nashrining ko'rsatgan short-listida Rossiyaning "Krosnadar" klubi hujumchisi Fyodr Smolov ham joy olgan. Smolov Rossiya va Ispaniya uchrashuvida "Qirollar" skautlarining nazariga tushgan. 27 yoshli hujumchi o'sha uchrashuvda dubl qayd etgan edi.