"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 23 dekabr kuni "Barselona"ga qarshi kechadigan o'yin haqida o'ylay boshladi. U kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messini to'xtatib qolishi mumkin bo'lgan futbolchini aniqlab oldi.
Frantsiyalik mutaxassisning fikricha, yarim himoyachi Mateo Kovachich butun o'yin davomida argentinalik futbolchiga qarshi personal harakat qilib, uni xavfsizlantirishi mumkin. Hozirda xorvatiyalik futbolchi jarohatidan keyin formasini tiklab bormoqda. Kovachich 23 dekabr kuni bo'ladigan "el-klasiko"gacha optimal formaga kirib olishiga Zidan ishonmoqda.
Kovachich ushbu mavsumda «Real» safida atigi 5ta o'yinda maydonga tushdi. Ammo Mateo Ispaniya superkubogi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi o'yinlarda ajoyib harakat qildi.