"PSJ" hujumchisi Neymar yaqin orada "Real"ga o'tmaydigan ko'rinadi.
Boisi, Ispaniya milliy sudi JCh-2018 oldidan Neymarga qarshi surishtiruv ishlarini boshlashi kutilmoqda. Futbolchi "Santos"dan "Barselona"ga o'tgunga qadar Neymar transfer huquqining 40 foiziga egalik qilgan DIS investitsiya fondi sudga shikoyat kiritgan. DIS iddao qilishicha, o'yinchi Kataloniyaga ko'chib o'tish paytida uning transfer narxi pasaytirib ko'rsatilgan hamda jamg'arma ma'lum summadan mahrum bo'lgan.
DIS Neymar va uning otasini 5 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so'ramoqda, deya xabar tarqatda Sport.es. Ammo, braziliyalik futbolchi Ispaniyada 2 yil "olishi" mumkin. Shu bois, "Real" va uning prezidenti Neymarning transferidan voz kechishi mumkin. Mazkur muammo jiddiy tus oladigan bo'lsa, o'yinchi Ispaniyaga qaytmasligi mumkin.