"Real Madrid" yarimhimoyachisi Markos Llorente "Fuenlabrada" klubiga qarshi uchrashuvdan so'ng jurnalistlarga intervyu berib o'tdi.
"Bizning uchrashuvdan asosiy maqsad keyingi bosqichga yo'l olish edi. Raqiblarimiz maydonda o'lishga ham tayyor edi, ular ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi. Bu uchrashuv "Fuenlabrada" klubi uchun juda muhim bo'ldi. Biz ulardan bunday o'yin kutmagan edi. Menga har doim "Santiago Bernabeu"da to'p surish yoqadi. Bu o'zgacha xissiyot. Men kabi kam amaliyotga ega bo'ladigan futbolchilar uchun bunday o'yinlar muhim", - deydi yarimhimoyachi.