Kechagi uchrashuvda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan futbolchi Xose Ignasio Nacho uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'lmadi. Raqiblar yaxshi hujumlar uyishtirishdi, ammo asosiysi biz keyingi bosqichga yo'l oldik. "Fuenlabrada" Segunda B (3-divizion) da ishtirok etishiga qaramay yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ular ajoyib o'tkazgani bilan biz ularni tabriklaymiz. Biz Beyldan xursandmiz, u yaxshi o'yin o'tkazdik. Shuningdek, Kovachich va Navaslarning ham maydonga qaytganidan xursandmiz", - deydi himoyachi.