«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya kubogi doirasida «Fuenlabrada»ga qarshi bo'lib o'tgan javob o'yini borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. «Real» dastlabki o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozongani bois, 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.
«Men umuman xafa emasman. Bahs oson bo'lmasligini bilardik. Raqib juda yaxshi o'yin o'tkazdi, lekin biz keyingi bosqichga yo'l oldik. Asosiy maqsadimiz shu edi. Odamlar o'zlari o'ylagan narsani gapirishlari mumkin, lekin ular bugun jamoamiz qay tariqa kurashganini ko'rgan bo'lishlari kerak. «Fuenlabrada» - juda yaxshi jamoa. Ular Segunda B ligasida o'ynamasliklari kerak», — dedi Zidan.