"Real" hujumchisi Borxa Mayoral Ispaniya kubogida "Fuenlabrada" bilan o'yindan so'ng (2:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu "Santyago Bernabeu"dagi mening birinchi dublim bo'ldi. Bundan juda xursandman va umid qilamanki, oldimda bunday voqealar ko'p bo'ladi. Afsus, g'alaba qozona olmadik, ammo asosiysi keyingi bosqichga chiqdik.
Beyl — biz uchun muhim o'yinchi, u buni bugun isbotladi. Uning menga uzatgan to'pi aqlbovar qilmas chiqdi. Muxlislarimiz dunyoda eng yaxshi, ular har doim yaxshi o'ynashimizni talab qiladilar agar bunga guvoh bo'lmasalar, norozi bo'lishga haqlidirlar, - deydi Mayoral.