"Real" yarimhimoyachisi Markos Lorente Ispaniya kubogining 1/16 finalida "Fuenlabrada"ga qarshi uchrashuv (2:2) haqida fikr bildirdi.
"Biz oldimizda turgan asosiy maqsadimiz - keyingi bosqichga chiqishni uddaladik Raqib maydonda o'lishga tayyor edi, ular bizga ancha muammo yaratdilar. Biz ularning birinchi bo'lib hisobni ochishlarini o'ylamagan edik.
Men uchun "Real" safida o'ynash juda yoqimli. Bu o'zgacha his-tuyg'u. Biz kabi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilar uchun bu yaxshi imkoniyat. Bu hislarni mashg'ulotlarda tuymaysan", - deydi Lorente.