Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luiz faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.
30 yoshli braziliyalik futbolchi yanvar oyida “Real” klubi rahbariyati bilan transfer masalasida bir to'xtamga keladi.
Eslatib o'tamiz, Luiz “Chelsi”da bosh murabbiy Antonio Konte bilan urushib qolgani sabab “MYu”ga qarshi uchrashuv (1:0) da hatto qaydnomaga ham kiritilmagandi.
“MYu”ga qarshi uchrashuv 5 noyabr kuni bo'lib o'tgan lekin Luiz APL o'yinlarida hali maydonga tushirilmagan. David Konte uni “Chelsi” sobiq futbolchisi Diego Kosta bilan yaqin do'st bo'lgani uchun jazolamoqda deya taxmin qilmoqda. Kosta ham Konte bilan avvalroq urushib qolib, “Atletiko”ga o'tib ketgandi.