«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda Fichajes xabar tarqatdi.
Avvalroq ispan matbuoti uelslik futbolchi «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. Ammo, manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi faoliyatini "qaymoqranglilar" safida yakunlashni istamoqda.
Beyl 2013 yilda «Real»dan «Tottenxem»ga o'tgandi. Yarim himoyachi ushbu mavsumda 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi. Uning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.