Qaymoqranglilar” hali ham ishonchli darvozabon izlashda davom etmoqdalar va ushbu chiziqni kuchaytirish uchun niyatidan voz kechishmagan.
Nomzodlar qatorida Bilbaoning «Atletik» posboni Kepa Arissabalaga ko'rilmoqda, ammo madridliklar yosh futbolchi jamoada o'z o'rnini tezda topib ketishiga ishonch bildirishmayapti.
«Real» klubi o'z darvozasini birinchi navbatda o'z shartnomasini «Chelsi» bilan uzaytirishga shoshilmayotgan Tibo Kurtuaga ishonib topshirmoqchi.
Belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Tomon yangi shartnoma tuzishda kelishuvga kelisha olmayapti. Kurtua londonliklardan maoshini 2,5 barobar oshirishni va haftasiga 230 ming funt berishlarini talab qilmoqda.