Statistika yangilar foydasiga emas.
1-noyabr kuni portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu "Real"ning hozirgi muammosini aytib o'tgan edi. Ya'ni Ronaldu Xames, Pepe, Morata... kabilar ketgandan so'ng jamoa sustlashib qolgani haqida gapirib o'tgan edi.
6 nafar yangi futbolchilar ushbu yozda "Real Madrid" asosiy jamoasida faoliyat boshlashdi: Teo Ernandez, Daniel Sebalyos, Xakim Ashraf, Markos Llorente, Borxa Mayoral va Xesus Valexo, o'rtacha hisobida ular faqatgina 17% o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. Jami esa 2087 daqiqaga teng ko'rsatgich. hozirgi paytga kelib esa "yangilar" raqiblar darvozasini 3 marta ishg'ol etishdi (Sebalyos - dubl, Mayoral - 1).
Taqqoslash uchun, o'tgan mavsumda jamoadan ketgan futbolchilar mana shu vaqtga kelib : Alvaro Morata, Pepe, Xames, Mariano, Fabio Koentrau va Danilo birgalikda barcha turnirlarda 23 ta gol kiritishgan edi.