“Real” qishki transferlar vaqtida ikki nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” rahbariyati yanvarda yarim himoyachi Markos Lorente va hujumchi Borxa Mayorallarga bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ularning o'rniga jamoa hujumchi xarid qilish niyatida.
Lorente joriy mavsumda 6 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo hech qanday ko'rsatkich qayd etgani yo'q. Mayoral esa 11 ta o'yinda 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.