"Real Madrid" klubi Qirol kubogi 1/16 final bosqichi javob uchrashuvlariga mashg'ulotlarni boshladi. Mashg'ulotlarda Lukas Vaskez va Dani Karvaxallar alohida yopiq zalda shug'ullandi. "Kastilya"dan Texero, Kezada, Manu Ernando, Oskar va Seoanelar ham mashg'ulotga jalb etildi.