«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi o'ziga «Real» tomonidan qiziqishlar bo'layotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Agar «Real»dan qo'ng'iroq qilishsa, bu qo'ng'iroqqa javob bermayman.
Men qancha turaman? Nima o'ylayotganimni o'zingiz yaxshi bilamiz. Bu erda gapiradigan narsaning o'zi yo'q», – dedi 24 yoshli argentinalik futbolchi.
Ikardi ushbu mavsumda "Inter" safida jami 15ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Transfermarkt uning transferini 50 million evroga baholagan.
Avvalroq «neradzurri» sport direktori Pero Auzilio bayonot berib, hujumchi uzoq vaqt jamoada qolmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.