«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqishga asosiy da'vogar klublar haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Hozirda «Manchester Siti» klubi «PSJ» bilan birgalikda eng kuchli jamoalardan biri. Hozirda ular EChLda g'oliblik uchun asosiy da'vogar ekanini namoyish qilishmoqda. Lekin bu uzoq davom etadigan va qiyin musobaqa.
Men hech qachon "Real"ni nomzodlar safidan o'chirmagan bo'lardim. Ha ular o'zlaridan kutilgan natijani namoyish qila olishmayapti, ammo ular barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurash olib borishadi. Bunga shubha yo'q.
«Bavariya» – yana bir katta jamoa. Ular final bosqichigacha etib borishadi. Lekin hozirda eng kuchli klublar – bu «Manchester Siti» va «PSJ», – dedi Messi.