Jarohati sabab “Real”ning so'nggi uchrashuvlarida maydonga tusha olmayotgan darvozabon Keylor Navas jamoa umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda “Real” Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 23 noyabr kuni madridliklar navbatdagi mashg'ulotlarni o'tkazishdi. Navas safga qaytgan bo'lsa, Marko Asensio trenajyor zalida yakka tarzda shug'ullangan.
Eslatib o'tamiz, Keylor Navas 19 oktyabr kuni “Real” mashg'ulotlarida jarohat olib, safdan chiqqandi.
Taxminlarga ko'ra, Navas“Real”ga La-Liganing 13-tur doirasida “Malaga”ga qarshi uchrashuvda yordam bera oladi.
Ma'lumot uchun, Keylor Navas joriy mavsum Ispaniya chempionatida 6 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol o'tkazib yuborgan.
“Real” – “Malaga” uchrashuvi 25 noyabr, shanba kuni soat 20:15 da boshlanadi.