«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu chempionlik unvonini nishonlash paytida tilidan tutildi.
Futbolchi muxlislari oldida gapirar ekan, ularga dadil va'da berib qo'ydi.
«Va'da beraman, tez orada bu erga yana qaytamiz va Chempionlar ligasidagi g'alabani nishonlaymiz.
Oltin to'p? Bu chempionlik va gollarim uni yana qo'lga kiritishimga yordam beradi. Ammo bu haqda qayg'urayotganim yo'q. Shaxsiy sovrinlarni faqat jamoadoshlarim yordamida qo'lga kiritishim mumkin. Ular ajoyib mavsumni o'tkazishdi» - dedi Ronaldu.