Madrid klubi kelasi yozda Dortmund klubiga tez orada 19 yoshni qarshilaydigan yarim himoyachi uchun 90 mln evro atrofidagi mablag'ni taklif etadi. Ammo, Angliya klublarining Bellingem xaridiga qiziqishi sabab bu katta narx evaziga amalga oshishi mumkin – 100 mln evro. Jud uchun davogarlar orasida "Liverpul" va "CHelsi" bor.
Bellingemni "Real"ning 2023 yilning yozidagi bosh transfer maqsadi sifatida aytishmoqda. Agar xarid amalga oshsa, "Real" yarim himoyani qayta qurishdagi rejasini amalga oshiradi – klub ushbu yozda tayanch xavbeki Orelen CHuamenini xarid qildi, bir yil oldin esa Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolagan edi. Ushbu futbolchilar Fede Valverde bilan birgalikda Kazemiro, Luka Modrich va Toni Kroos triosining to'laqonli o'rinbosarlari sifatida tilga olinmoqda.
Qayd etish kerakki, Bellingemning "Borussiya" bilan shartnomasida tovon puli yo'q. Uning bitimi 2025 yilda yakuniga etadi, shu sabab transferni amalga oshirishi uchun Dortmund klubi bilan kelishishga to'g'ri keladi.
"Real" har qanday holatda ham Jud bilan ushbu yozda shartnoma imzolashga urinmaydi. Klub yarim himoyadagi qayta qurish bosqichma-bosqich amalga oshishi kerak deb hisoblaydi.
Transferning ushbu yozda amalga oshishiga "Real" qaydnomasida Evroittifoqdan bo'lmagan o'yinchi uchun joy yo'qligidir – Breksitdan so'ng ushbu kvotadan angliyalik o'yinchilar ham joy egalladi (istisno esa Breksit o'tkazilayotgan paytda Evroittifoq mamlakatlaridan bo'lgan klubda harakat qilgan futbolchilar uchun bo'ladi, ammo yangi shartnoma imzolashdan so'ng ular ham ushbu kvotaga qo'shiladi).
Hozirda "Real" qaydnomasidagi ushbu uch joy Vinisius, Rodrigo va Eder Militao bilan banddir. Vinisius ikki fuqarolik uchun hujjatlar topshirdi va u tez orada ispan pasportini oladi. SHundan so'ng ushbu masala bilan Rodrigo va Eder shug'ullanadi – ularning hujjatlari allaqachon tayyor.
Bellingem o'tgan mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 13ta assist qayd etdi.