"Real" rahbariyati "Monako" hujumchisi Kilian Mbappening transferidan voz kechdi.
Ispaniyalik jurnalist Ektor Fernandes gapiga ko'ra, 18 yoshli futbolchi jamoadan juda katta maosh so'raganidan so'ng bu voqea yuz bergan.
"Mbappe "Real"dan 12 million evro maosh so'radi, chunki "PSJ" ham unga shuncha pul va'da qilgan edi. Shundan so'ng, madridliklar futbolchini transferidan voz kechib, unga: "Tabriklaymiz va Parijda senga omad tilaymiz" - deb aytishdi" - deb yozdi Fernandes tvitter sahifasida.
Avvalroq, Mbappe "PSJ" klubiga 160 mln evro evaziga o'tayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.