Fransiyaning "Monako" klubi hujumchi Kilian Mbappeni ushbu yozda sotishlari mumkin.
Rossiyalik amaldor Dimitriy Ribolovlev tegishli bo'lgan "Monako" klubi vitse-prezident Vadim Vasilev oldinroq "Real" bilan 180 mln yevroga kelishilganligini inkor etgan edi.
Endilikda berilgan ma'lumotga ko'ra ruslar Kilianni faqat 200 mln yevroga sotishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu yozgi transferlarda "Monako" 167,5 mln yevro daromad ko'rdi. Jamoani yozda Bernardo Silva, Benjamin Mendy ("Man Siti), Temue Bakayoko ("Chelsi") bilan birga boshqa futbolchilar ham tark etdi. Ularni o'rnini esa yosh umidli futbolchilar bilan to'ldirildi.