«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl yozgi transfer mavsumida shov-shuvga sabab bo'lishi mumkin.
The Independent xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi «MYu» klubiga o'tishga yaqin turibdi.
«Real» prezidenti Florentino Peres Beylni Ronalduga o'rinbosar bo'ladi deb hisoblab, 2013 yilda Madridga olib kelgandi. Ammo futbolchi jarohatlar girdobida qolib ketib, umidlarni oqlamadi.
Peresning fikriga ko'ra, Beylga sarflangan 101 mln evro mablag'ni qaytarib olish uchun hozirda qulay vaziyat yuzaga kelgan. Mulozim uni 120 mln evroga sotishni mo'ljallamoqda.
Garetning o'zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emas. U muxlislarning tanqidlaridan bezor bo'lgan. Bundan tashqari, Madridda o'tkazgan 4 mavsumi davomida 17 marta jarohat olishi ham futbolchining joniga tekkan va u vaziyatni o'zgartirishga qattiq bel bog'lagan.