"Real" hujumchisi Karim Benzema EChL yarimfinalida "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng (1:2) Iskoning golidagi ishtiroki haqida gapirdi.
"To'p raqib maydoni tomonda edi. Men bir o'zim qoldim va birdan menga uch himoyachi tashlandi. Men harakat qildim va hammasi yaxshi chiqdi. To'pni yaxshi olib o'tdim va Krossga uzatdim. Bu jamoani ruhlantirdi.
"Yuventus" qanday jamoa ekanini yaxshi bilamiz. Bu buyuk jamoa. Ular finalga chiqibdimi, demak, bu o'z-o'zidan bo'lib qolmagan. Ular finaldalar, tarkibida iqtidorli o'yinchilar ko'p. Ammo biz yaxshilab dam olib, g'alaba uchun maydonga tushamiz". - deydi Benzema.