"Real" klubi «PSJ» hujumchisi Neymarning transferi borasida ish olib bormoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi uchun kurashda "Qirollik klubi" etakchilik qilmoqda. Parijliklar prezidenti futbolchi agenti Pini Zaxaviga madridliklar bilan muzokara olib borish vazifasini topshirdi. Ma'lumotlarga qaraganda, agent "Real" bilan kelishuvga erishgan.
«Madrid» yangi mavsum boshlangunga qadar Neymarning transferini rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Jamoa La liganing 1-turiga qadar bunga ulgurmasa, bu ishni yozgi mavsum oxiriga qadar (2 sentyabr) transferni amalga oshirmoqchi. Buning uchun «Real» avvalo bir necha nafar futbolchilarni sotishi lozim. Gap, birinchi navbatda, yarim himoyachilar — Garet Beyl va Xames Rodriges hamda hujumchi Mariano Dias haqida ketmoqda.
Transfer summasi 200 million evroni tashkil etadi. «PSJ» ushbu transferga qaysidir futbolchining kiritilishini istamayapti. «Real» bosh murabbiy Zayniddin Zidan Neymarning o'tishiga rozilik berdi.
Neymar uchun «Barselona» ham kurash olib bormoqda. Ammo «PSJ» uni kataloniyaliklarga sotishni istamayapti.