"Real" hujumchilari Vinisius Junior va Rodrigo Goes ikkinchi jamoa safiga o'tkazildi. Har ikkala futbolchi Raul Gonsales boshqaruvidagi "Kastilya" safida ro'yxatdan o'tkazildi. Shunga qaramay, ikkala futbolchi bosh jamoada ham o'ynash imkoniyatini yo'qotmadi.
19 yoshli Vinisius 2018 yilning yozida 45 million evro evaziga "Flamengo"dan "Real"ga o'tgandi. Yakunlangan mavsumda braziliyalik futbolchi klub safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 12ta golga uzatma berdi.
18 yoshli Rodrigo mazkur yozda "Santos"dan "Real"ga o'tdi. Transfer summasi 45 million evroga teng bo'ldi.