"Real"ning chap qanot himoyachisi Marselo shu yozda jamoadan ketishga qaror qildi, deb yozadi "Sport.es".
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi Ferlan Mendining transferidan keyin shunday fikrga kelgan. U "Real"dagi missiyasi tugagan deb hisoblamoqda va bu haqda rahbariyatga ham aytishga ulgurgan.
31 yoshli futbolchiga ayni damda "PSJ", "Arsenal", "Yuventus" va "Milan" qiziqyapti.