"Real" darvozaboni Keylor Navas jamoani tark etishi mumkin. Buning uchun kosta-rikalik posbon "Qirollik klubi" oldiga 2ta shart qo'ydi.
Birinchidan, madridliklar shartnomaning qolgan qismi uchun futbolchiga 10 million evro to'lashi lozim. Ikkinchidan, Navas erkin agent maqomida klubni tark etishi kerak. Bu haqda Football Espana xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "qaymoqranglilar" Navasni 20 million evroga sotishni istamoqda. Keylor bilan shartnoma 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Yakunlangan mavsumda Navas 21ta o'yinda maydonga tushib, ularning 7tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.