Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu" stadioni rekonstruktsiyasini boshladi. Bu haqda Diario Sport xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, ta'mirlash jarayonida stadion yopilmaydi. Eng murakkab ishlar esa 2019, 2020 va 2021 yilning yozgi davrida amalga oshiriladi. Rekonstruktsiya ishlari yakuniga etganidan keyin stadionga tomoshabinlar sig'imi oshadi.
Ta'mirlash uchun "Real" 525 million evro sarflaydi. Buning uchun "Qirollik klubi" kredit oldi. Bu mablag'ni jamoa 35 yil davomida bankka qaytaradi.