«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Madridliklar iyul oyida Xalqaro chempionlar kubogida ishtirok etishadi. «Real»ga «Bavariya», «Atletiko» va «Arsenal» klublari raqiblik qilishadi.
«Mavsumga tayyorgarlik bosqichida barcha ishtirok etishi kerak: yangilar, asosiy tarkib futbolchilari va yoshlar. Yangi xarid qilingan o'yinchilar mavsumoldi yig'inlarida to'liq ishtirok etishlari shart. Bu jarayon futbolchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Ilk kunlardanoq ular bizning safimizga kelib qo'shilishgani — bu yaxshi. Oldimizda muhim mavsum bizni kutib turibdi. Sovrin yutib olish uchun katta hayajon bilan mavsumni boshlaymiz.
Tayyorgarlik jarayonida bu jamoalar bilan o'o'nash muhim ahamiyatga ega. Angliya, Ispaniya, Germaniya klublari — bular turli jamoalar. Eng yaxshi jamoalarni tanlab, tashkilotchilar juda yaxshi ish olib borishdi», — dedi Zidan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" yozgi transfer paytida Eden Azar («Chelsi»), Luka Yovich («Ayntraxt»), Eder Militao («Portu»), Mendi («Lion»), Rodrigo («Santos») va Takefusa Kubo («Tokio») bilan shartnoma imzolab, transfer rekordini yangiladi.