Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylon Navas katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoani tark etadi.
Sport Mediaset nashrining xabarga ko'ra 32 yoshli kosta-rikalik posbon faoliyatini "Portu"da davom ettirishi mumkin. Portugaliya grandi uni yaqinda yurak xurujiga uchragan va faoliyatini davom ettirmasligini ma'lum qilgan Iker Kasilyasga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U joriy mavsum La Ligada bor yo'g'i 9ta o'yinda ishtirok etdi va o'z darvozasidan 6ta gol o'tkazib yubordi.